
Arsen Venger APL klublaridan bo‘layotgan takliflarni rad etmoqda
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger APL klublaridan bo‘lgan takliflarni rad etdi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 68 yoshli frantsiyalik mutaxassis premer-ligada ishlashni boshqa istamaydi.
Eslatib o‘tamiz, Venger 1996-2018 yillarda “Arsenal”ga ustozlik qilgan. Hozircha u katta ehtimol bilan PSJ klubida sport direktori lavozimiga tayinlanishi aytilmoqda.
Fikrlar