
Arsen Venger: Anri – “Monako” uchun ajoyib tanlov
Londonning "Arsenal" klubi sobiq ustozi Arsen Venger sobiq shogirdi Terri Anrining "Monako"ga bosh murabbiy etib tayinlangani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Anri – “Monako” uchun ajoyib tanlov. U aqlli va futbolni yaxshi tushunadi. Unda muvaffaqiyatga erishish uchun barcha narsa etarli”, - deydi tajribali mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Anri kecha “Monako” bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar