Arsen Venger Turkiya chempionatida ish boshlashi mumkin

  • 29 oktabr, 2018, 18:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi. Bu haqda Fotomac nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 69 yoshli murabbiyga Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi jiddiy qiziqish bildira boshladi. Aytish lozimki, ushbu turk klubi bugun o‘zining amaldagi bosh murabbiyi Fillip Kokuni iste’foga chiqargan edi.

Eslatib o‘tamiz, Vengerning so‘nggi ish joyi Londonning “Arsenal” klubi bo‘lgan edi. Unga bundan avvalroq Italiyaning "Milan" klubidan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!