Arsen Venger tez orada yana murabbiylik faoliyatini boshlaydi

  • 7 fevral, 2019, 19:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiyalik mashhur mutaxassis Arsen Venger tez orada yana o‘zining murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda 69 yoshli mutaxassis hozircha 4ta taklifga ega. E’tiborlisi, ular orasida APL klublaridan takliflar yo‘q.

Vengerga Evropaning 2ta grand klubi va 2ta milliy terma jamoadan takliflar mavjud. Bundan tashqari PSJ unga sport direktori lavozimida ish boshlashni taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vengerning so‘nggi ish joyi Londonning “Arsenal” klubi bo‘lgan edi. U “kanonirlar”ni naqd 22 yil (1996-2018) davomida boshqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!