
“Arsenal” APLda mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlay olmaydimi?
“Manchester Yunayted” hamda “Liverpul” klubi sobiq hujumchisi Maykl Ouen ushbu mavsum yakunida Londonning “Arsenal” klubi kuchli to‘rtlikdan joy olmasligini aytib o‘tdi.
“Ular oddiy jamoalarni mag‘lub etishmoqda. “Brayton”ni ishonchli hisobda mag‘lub etgan bo‘lsalarda, men “to‘pchilar”da “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” hamda “Liverpul”da ko‘rgan shijoatni ko‘rmadim.
Men “Arsenal”ni mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlaydi deb o‘ylamayman. Ular besh, olti yoki ettinchi o‘rinni olishsa kerak”, – deb aytib o‘tdi Ouen “BT Sports”ga.
Fikrlar