"Arsenal" Grizmanni olib transfer rekordini yangilaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Odatda, o‘ta qimmat transferlardan qochadigan "Arsenal" rahbariyati "Atletiko" hujumchisi Antuann Grizmanni olish uchun uning shartnomasida belgilangan transfer summasi - 85 million funtni to‘lashga tayyorliginii ma’lum qildi.

Agar bu transfer amalga oshirilsa "Arsenal" tarixida yangi yangi rekord o‘rnatiladi. Hozirgacha, londonliklar eng ko‘p pul sarflagan Mesut O‘zilning transferi Grizmannga taklif qilinayotgan mablag‘ning yarmiga teng.

"Arsenal" Mesut O‘zil uchun 2013 yili "Real"ga 42,5 million funt to‘lagan.

O‘z navbatida "Atletiko" Antuan Grizmann ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga "Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanchesni taklif qilishni ham rejalashtirgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!