
"Arsenal" va "Atletiko" Grimaldo uchun kurash olib bormoqda
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" va Londonning "Arsenal" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
"Matraschilar" yosh futbolchini mavsum so‘nggida jamoani tark etadigan Filipe Luisning o‘rniga olib kelishmoqchi. "Arsenal" esa Grimaldo shartnomasi tugayotgan Nacho Monrealga o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Grimaldoga "Napoli", "Yuventus", "Zenit", "Inter" va "Manchester Siti" jamoalari qiziqish bildirgani borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar