Arshavin faoliyatini yakunlashi mumkinligiga sha’ma qildi

  • 7 noyabr, 2018, 21:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Qo‘shni Qozog‘istonning “Qayrat” klubi forvardi Andrey Arshavin agar u bilan shartnomani uzaytirishmasa, faoliyatini yakunlashi mumkinligiga sha’ma qildi. Ta’kidlash kerakki, 37 yoshli rossiyalik futbolchining qozoq klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabrida o‘z nihoyasiga etadi.

“Qayrat” bilan yangi shartnoma imzolamasam nima qilaman? Albatta, hech qaerga bormayman”, - deydi Arshavin.

Ma’lumot uchun, Arshavin “Qayrat” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 100dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 30ta gol hamda 37ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Andrey Arshavinning “Navbahor”ga kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!