"Atletiko" etakchilaridan biri "Barselona"ga qarshi o‘ynay oladi
Madridning “Atletiko” klubi xavbeki Koke La Liganing 13-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchi jarohatidan sog‘ayib, jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, Koke bungacha “Leganes”, “Atletik” va “Borussiya” Dortmundga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan edi.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” – “Barselona” bahsi 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar