
"Atletiko" futbolchisi Ronalduni maqtadi
"Biz yana bir finalga etib kelganligimizdan xursandmiz. Biz bu o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Raqibning kim ekanligi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Mavsum oldi tayyorgarligi bu mavsum o‘zgacha bo‘ldi. Yig‘inda futbolchilar kam bo‘ldi, ammo biz bir necha yildan buyon bir-birimiz bilan to‘p surib kelamiz va murabbiylar qanday o‘yin qurish kerak ekanligini yaxshi bilishadi. Bu final va unga tayyormiz.
Ronaldu - buyuk futbochi, u buni "Bernabeu"da isbotlab qo‘ydi. Shunday bo‘lsada, "Real"da iqtidorli yoshlar soni kam emas", - deb uning so‘zlarini keltirib o‘tdi UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, "Real" - "Atletiko" o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar