"Atletiko" hujumchisi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
Sankt-Peterburgning "Zenit"klubi "Atletiko" Madrid hujumchisi Nikola Kalinichning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra piterliklar 31 yoshli xorvatiyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Biroq, ushbu transferni amalga oshishiga futbolchining narxidagi kelishmovchilik sabab bo‘lmoqda. Chunki, “matraschilar” Kalinich uchun 14,5 mln evro so‘rashmoqda, ammo rus klubi buncha mablag‘ to‘lamoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kalinichga “Sevilya”dan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Kalinich joriy mavsum “Atletiko” safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar