Avstraliya bosh vaziri: Keyingi jahon chempionatda Avstraliya o‘z kuchini ko‘rsatadi

  • 27 iyun, 2018, 14:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull terma jamoaning Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan JCh-2018dagi ishtiroki haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

Aytib o‘tish joizki, yashil qit’a a’zolari "S" guruhidan joy olgandilar va guruh bosqichi o‘yinlari natijalariga ko‘ra, Daniya, Peru hamda Frantsiya terma jamoalari orasida oxirgi o‘rinni qo‘lga kiritib o‘z uylariga yo‘l olishdi.

- Ushbu mundialda bizning yurishimiz o‘z nihoyasiga etdi, o‘yinchilar g‘alaba uchun bor kuchlari bilan kurashishdi. Ammo ularga omad etishmadi deb o‘ylayman. 

Ishonchim komilki, mundial davomida har bir avstraliyalik ularni qo‘llab-quvvatladi va biz terma jamoa bilan g‘ururlanamiz! Keyingi jahon chempionatda Avstraliya o‘z kuchini ko‘rsatadi, - deya Ternbullning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!