
Azar uchun "Yuventus" ham kurash boshladi
Turinning "Yuventus" klubi "Chelsi" vingeri Eden Azar uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra A Seriya grandi 27 yoshli belgiyalik futbolchining transferi borasida qolgan raqobatchilarini ortda qoldirmoqchi va buning uchun allaqachon “aristokratlar”ga taklif yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus”ning bu boradagi asosiy raqobatchisi Madridning “Real” klubi hisoblanadi. “Qirollik klubi” Azarni sotib olish uchun o‘tgan yozgi transferlar davridayoq jiddiy harakat qilib ko‘rgan edi.
Ma’lumot uchun, Azar “Chelsi” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 317ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 97ta gol hamda 81ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan. Transfer bahosi esa 150 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar