
Aziz G‘aniev 21 avgust kuni davolanish uchun Yaponiyaga jo‘nab ketadi
"Nasaf" klubining etakchilaridan biri Aziz G‘anievning davolanish uchun Yaponiyaga qachon jo‘nab ketishi ma’lum bo‘ldi.
"Nasaf" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha futbolchi 21 avgust kuni Yaponiyaga uchib ketadi. 20 yoshli futbolchi Pepsi Superliganing 18-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o‘tkazilgan bahsning 57-daqiqasida jarohat sabab maydonni tark etgandi.
Ma’lumot o‘rnida G‘aniev aynan mana shu jaroahati sabab terma jamoamizning Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibidan tushib qolgandi.
Fikrlar