BAA termasi ustozi: Qit’a chempioni mayda detallar natijasida g‘olib chiqadi

  • 4 yanvar, 2019, 21:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ochilish o‘yinida mezbon mamlakat - BAA va Bahrayn terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlarning savollariga BAA termasi bosh murabbiyi Alberto Zakkeroni javob qaytardi.

Tecno

"Biz ushbu musobaqani uzoq kutdik va yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Chet elda ham, bu erda ham yig‘inlar tashkil etdik. 

To‘g‘ri, jarohatlar ham bo‘ldi, ammo umid qilamanki, bu narsa bizga to‘sqinlik qilmaydi. Bahraynga qarshi uchrashuv orqali yaxshi start olishni maqsad qilganmiz.

2002 yilgi JCh va 2011 yilgi Osiyo kubogidan buyon Osiyo jamoalarida jismoniy va taktik tomondan katta o‘sishlar bo‘ldi. Natijada biz hozirda 24 ta raqobatbardosh jamoalarni bu erda ko‘rib turibmiz.

O‘ylashimcha, Osiyo kubogida g‘olib chiqadigan jamoa mayda detallar tufayli ushbu muvaffaqiyatga erishadi", - dedi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!