
BAAda Osiyo Kubogi – 2019 tashkiliy ishlari yuzasidan inspektsiya nihoyasiga etdi
2018 yilning 27 sentyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga bag‘ishlangan seminar o‘z ishini boshlagani hamda ushbu seminarda Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarning vakillari ishtirok etishayotgani haqida xabar bergan edik.
BAAdagi seminarning 3 kunida Al-Ayn hamda Sharja shahridagi milliy terma jamoamiz o‘ynaydigan stadion hamda yashaydigan mehmonxonalar bilan tanishgan terma jamoamiz vakillari safarning so‘nggi kunida Dubay shahriga yo‘l olishdi.
“Rashid stedium” o‘yingohiga tashrif buyurgan O‘FA vakillari stadionning bugungi kundagi holati, kiyim almashtirish xonasi, o‘yin uchun zarur bo‘lgan jihozlar, massaj xonasi va muzli basseyn bilan bog‘liq tashkiliy ishlar yuzasidan OFK koordinatori bilan tegishli kelishuvlarni o‘tkazishdi.
Terma jamoa uchun ajratilgan mashg‘ulot maydoni hamda terma jamoamiz joylashadigan mehmonxona bilan tanishishdi. Mehmonxonada yaratilishi zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bo‘yicha OFK vakiliga takliflar bildirildi.
Shu bilan terma jamoamiz vakillarining 2019 yilda Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadigan BAAga safarlari nihoyasiga etdi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi 2019 yil 5 yanvar kuni boshlanadi. O‘zbekiston esa dastlabki o‘yinini 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummonga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Turkmanistonga qarshi o‘yin 13 yanvar kuni Dubay shahrida, Yaponiyaga qarshi bahs esa 17 yanvar kuni Al-Ayn shahrida o‘tkaziladi.
Osiyo kubogi – 2019
Guruh bahslari. F guruhi.
2019 yil 9 yanvar
Yaponiya – Turkmaniston, Abu-Dabi, soat 16:00
O‘zbekiston – Ummon, Sharja, soat 18:30
2019 yil 13 yanvar
Ummon – Yaponiya, Abu-Dabi, soat 18:30
Turkmaniston – O‘zbekiston, Dubay, soat 21:00
2019 yil 17 yanvar
Ummon – Turkmaniston, Abu-Dabi, soat 18:30
Yaponiya – O‘zbekiston, Al-Ayn, soat 18:30
Fikrlar