Bahrom Haydarov: "Buxoro"ga qarshi o‘ynash oson emas

  • 19 iyul, 2018, 23:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Buxoro" - "Neftchi" uchrashuvidan so‘ng farg‘onaliklar ustozi Bahrom Haydarov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bugun o‘yin paytida ancha issiq harorat kuzatildi. Jamoamiz o‘yin davomida asosan to‘p nazoratini qo‘lga olishga urindi. O‘ylashimcha, buni uddalay oldik ham. "Buxoro" - ancha shakllangan jamoa. Ushbu klubga qarshi o‘ynash oson emas. Bugun raqibda ham, bizda ham gol kiritishga imkoniyatlar bo‘ldi. Yakunda esa durang qayd etildi. O‘ylashimcha, natija o‘yinga mos bo‘ldi", - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!