Balotelli "Marsel"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 6 iyul, 2018, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli faoliyatini "Marsel" klubida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha marselliklar 27 yoshli futbolchi talab qilayotgan yillik 7 mln evro maoshni to‘lashga rozi bo‘lishgan. Endi super Mario ushbu jamoa tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.

Eslatib o‘tish lozimki, “Nitstsa” bilan shartnomasi yakuniga etgan Balotelli “Marsel” safiga mutlaqo tekinga borib qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, Balotelli o‘tgan mavsum “Nitstsa” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 26ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!