Balotelli nima uchun "Napoli"ga o‘tmaganini aytdi

  • 9 avgust, 2018, 09:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Nitstsa" klubi forvardi Mario Balotelli "Napoli"ga o‘tishga tayyor bo‘lgani, biroq ushbu transferga klub prezidenti Aurelio De Laurentis qarshilik qilgani haqida aytib o‘tdi.

“Napoli”ga nima uchun o‘tmadim? Menimcha bu savol ko‘proq o‘z prezidentingizga tegishli”, - deya “Napoli” muxlisiga javob berdi italiyalik futbolchi o‘z instagramida.

Eslatib o‘tamiz, “Nitstsa” 27 yoshli futbolchining transferini 10 million evroga baholamoqda. Uning uchun esa “Marsel” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!