
Balotelli yana Italiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin
"Marsel" klubi hujumchisi Mario Balotelli yana Italiya terma jamoasiga qaytarilishi mumkin. Bu haqda "Skuadru Adzurra" bosh murabbiyi Roberto Manchini aytib o‘tdi.
“Biz Balotellining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib boryapmiz. U “Marsel”dagi faoliyatini yaxshi boshladi, 5ta o‘yinda 3ta gol urdi. Shu bois u xuddi boshqa futbolchilar kabi yana bizning e’tiborimizni torta boshladi”, - deydi Manchini.
Eslatib o‘tamiz, Balotelli 2018 yilning sentyabridan buyon terma jamoaga chaqirilmay kelayotgan edi.
Fikrlar