"Barselona" Messiga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 14 oktabr, 2018, 17:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘zining eng yaxshi to‘purari hisoblangan Lionel Messiga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.

Tecno

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 31 yoshli argentinalik forvard 2020 yil jamoadan ketishga qaror qilsa, kataloniyaliklar uning o‘rniga “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni jamoaga olib kelishga urunib ko‘rishadi. Qolaversa misrlik futbolchi ham bundan avvalroq o‘z kuchini La Ligada ham sinab ko‘rish orzusi borligi haqida aytib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Biroq, ushbu kelishuvga ko‘ra Leo 2020 yilning yozida Evropa grandlari hisoblanmaydigan har qanday jamoaga tekinga ko‘chib o‘tish huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!