"Barselona" Rakitichni Salohga almashtirmoqchi

  • 02.07.2018 13:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitichni "Liverpul"ga faqat bir shart evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “ko‘k-anor ranglilar” 30 yoshli xavbekni mersisaydliklarning misrlik forvardi Muhammad Salohning transferiga qo‘shib berishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Saloh “Liverpul” safida o‘tgan yoz “Roma”dan kelib qo‘shilgan edi. U yakunlangan mavsum APLda jami 36ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 32ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

O‘z navbatida Rakitich esa La Ligada 35ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!