“Barselona” etakchisi “Yuventus”ga qarshi javob bahsida maydonga tushmasligi mumkin

  • 17 aprel, 2017, 23:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO


“Barselona” klubi yarim himoyachisi Xaver Maskerano “Yuventus” bilan bo‘ladigan EChL chorak final javob bahsida maydonga tusha olmasligi mumkin.

Tecno

Football Italia nashrining tarqtagan xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi tizzasidan olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgani yo‘q. U ushbu jarohatni “keksa sinora”ga qarshi (0:3) birinchi o‘yinda olgan edi. Shu sabab u “Real Sosedad”ga qarshi La Liga (3:2) o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Hozircha u mashg‘ulotlarga qaytgani yo‘q. “Barselona” va “Yuventus” 19 aprel kuni “Kamp Nou”da uchrashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!