"Barselona" futbolchisi MYuga o‘tishi mumkin, agar...

  • 11.10.2018 16:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi "Barselona" himoyachisi Jordi Albaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.

Bordiyu 29 yoshli ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmasa, u holda mankuanliklar ushbu futbolchini sotib olishga urunib ko‘rishadi.

Ma’lumot uchun, Alba joriy mavsum “Barselona” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!