
"Barselona" jarohatlangan Vermalenga o‘rinbosar topdi
Avvalroq, "Barselona" yarim himoyachisi Tomas Vermalen jarohatlanganligi haqida xabar bergandik.
Shu sababdan ham, "ko‘k-anor ranglilar" yangi himoyachi izlashni boshladi. Xozirda, nomzodlar orasida Ispaniya yoshlar terma jamoasi a’zosi Xorxe Mere ("Kyoln"), 25 yoshli Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Diego Lorente ("Sosedad") hamda Andreas Kristensen ("Chelsi") kabi futbolchilar bor.
El Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, katta ehtimol bilan ushbu ko‘chib o‘tish yanvar oyida amalga oshadi.
Fikrlar