
“Barselona” ketma-ket to‘rtinchi marta Ispaniya Kubogi finaliga yo‘l oldi
Kecha Kataloniyada Ispaniya Kubogi yarim final uchrashuvidan o‘rin olgan “Barselona” – “Atletiko” o‘rtasidagi javob bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar darvozalarni biri martadan ishg‘ol qilishdi 1:1.
Shu tariqa, “Barselona” Ispaniya Kubogi yarim finalida 2 o‘yin natijasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi. Ularning Madriddagi bahsida Luis Enrike jamoasi 2:1 hisobida zafar quchgandi.
Shu tariqa, “Barselona” Ispaniya Kubogi finalida 39 bor qatnashmoqda va ketma-ket 4 marta finalga chiqdi.
Fikrlar