"Barselona" qishda A Seriyaning etakchi himoyachilaridan birini sotib oladi
Kataloniyaning “Barselona” klubi qishda o‘ziga Italiya A Seriyasidan mahoratli himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” bu borada "Napoli"dan Kalidu Kulibali hamda "Inter"dan Milan Shkrinyarlarni ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Barselona” markaziy himoya chizig‘ida muammolarga duch kelmoqda. Boisi, Umtiti hamda Vermalenlar uzoq muddatga safdan chiqishgan bo‘lishsa, barqaror o‘yin ko‘rsata olmayotgan Pike Valverdening ishonchini oqlay olmayapti.

Fikrlar