
"Barselona" va MYu qishda Ronalduni sotib olishga urunib ko‘rishadi
Lissabonning "Benfika" klubi yosh iqtidorli xavbeki Ronaldu Kamara faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 15 yoshli iste’dod egasini "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari jiddiy kuzatuv ostiga olishgan. Yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘ida esa ushbu ikki jamoa Ronalduni qo‘lga kiritishga astoydil harakat qilib ko‘radi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum “Benfika” safida UEFA Yoshlar ligasida 1ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Fikrlar