"Barselona" va "Real" bir futbolchi uchun kurashadi
Lissabonning "Benfika" klubi himoyachisi Aleks Grimaldo qishki transferlar jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Corriere Dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli futbolchi uchun La Liganing ikki grandi - "Barselona" va "Real" o‘zaro kurash olib boradi. Ushbu transferning narxi taxminan 20 million evroni tashkil etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Grimaldo asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va “Benfika”ga aynan kataloniyaliklar safidan 2016 yil bor yo‘g‘i 2,6 million evroga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar