"Barselona" xavbeki "Benfika"ga yo‘l olishi mumkin

  • 30 avgust, 2018, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” klubi xavbeki Rafinya Alkantara faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli braziliyalik futbolchiga Lissabonning “Benfika” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Aytish lozimki, lissabonliklar pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, Chempionlar ligasining guruh bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Endi ular ushbu musobaqada kamida 40 million evro daromad ko‘rishadi.

Eslatib o‘tish lozimki, Rafinyani shuningdek “Betis” ham o‘z safida ko‘rmoqchi. Biroq, “Benfika” ispan klubidan farqli o‘laroq Alkantarani “Barselona” so‘rayotgan 30 million evro evaziga xarid qilish imkoniyatiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!