
"Barselona"dan biznes saboq
"Barselona" klubi himoyachi Yerri Minaning "Everton"ga amalga oshirgan transferidan yaxshigina daromad ko‘rdi.
Aytish lozimki, kataloniyaliklar 23 yoshli kolumbiyalik futbolchini joriy yilning yanvar oyida “Palmeyras”dan bor yo‘g‘i 11 million evroga sotib olishgan edi. Buni qarangki, oradan bir necha oy o‘tgach uni “Everton”ga naqd 31 mln evroga qo‘yib yuborishdi.
Eslatib o‘tamiz, Mina “Barsa”ga o‘tgach, La Ligada bor yo‘g‘i 4ta o‘yinda ishtirok etdi holos.
Fikrlar