Basketbol. Bugun "Nooruz" xalqaro turniri boshlanadi

 

Bugun Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida basketbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XXV xalqaro "Nooruz 2018" musobaqasi boshlanadi.

Ushbu xalqaro turnirda o‘zbek jamoalari ham ishtirok etishadi. Bahslarda "Spartak" hamda MXSK jamoalari yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Sportchilarimizdan tashqari musobaqada Ozarbayjonning "Boku U20", Qirg‘izistonning "Politexnik", "Tulpar Skif" hamda "Gines 29" jamoalari ham qatnashadilar.

MXSK jamoasi bahslarni "Gines 29"ga qarshi boshlasa, "Spartak" jamoasi turnir startida "Baku U20"ga qarshi parketga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!