Batshuayini uchun kurashga "Everton" ham qo‘shildi

  • 11.01.2019 09:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bundan avvalroq “Valensiya” klubi “Chelsi” hujumchisi Mishi Batshuayini ijara muddati yakunlanmasidan ortga qaytarib yuborishi haqida xabar bergan edik.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra hozirda 25 yoshli belgiyalik futbolchiga "Everton" jiddiy xaridor bo‘lmoqda. Buning uchun “irischilar” londonliklarga 14 mln evro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Batshuayi uchun shuningdek "Marsel", "Kristal Pelas" va "Fulxem" kabi klublar ham da’vogarlik qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Batshuayi joriy mavsum “Valensiya” safida jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga bor yo‘g‘i 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!