"Bavariya" 2 nafar futbolchi bilan kelishuvga erishdi

  • 27 fevral, 2019, 16:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi yozgi transferlar davrida jamoaga kelib qo‘shiladigan 2 nafar futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra mavsumlar oralig‘ida nemis grandi safiga "Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandes va "RB Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerlar kelib qo‘shilishga rozilik bildirishgan.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Ernandes joriy mavsum "Atletiko" safida jami 22ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urishga erishdi. Uning transfer bahosi esa 60 mln evroga baholanmoqda.

22 yoshli Verner esa “RB Leyptsig” safida 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning transfer bahosi esa 65 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!