
“Bavariya” Alabaning o‘rniga munosib futbolchi topdi
"Portu" klubi himoyachisi Aleks Telles "Bavariya"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
O Jogo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra myunxenliklar 25 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan himoyachi David Alabaning o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Portu” Tellesning transferi bo‘yicha “Bavariya”ning 35 mln evrolik taklifini allaqachon rad etgan. Ular ushbu futbolchi uchun 40 mln evro talab qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres David Alabani “qirollik klubi”da ko‘rmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar