“Bavariya” Xaynkesning o‘rniga yangi murabbiy qidira boshladi
Germaniyaning “Frayburg” klubi bosh murabbiyi Kristian Shtrayx jamoasini o‘zgartirishi mumkin. 52 yoshli mutaxassisga “Bavariya” qiziqish bildirmoqda.
Bild nashrida yozilishicha, myunxenliklar bu borada “Frayburg” bilan aloqaga chiqqan. Shtrayx Xaynkesdan so‘ng jamoaga taklif etilishi aytilmoqda.
Qayd etish joiz, mazkur mutaxassis 1995 yildan buyon “Frayburg”da ishlaydi. 2011 yilning dekabr oyidan beri jamoa bosh murabbiyi bo‘lib ishlab kelmoqda.

Fikrlar