
"Bavariya" tez orada jahon chempionini o‘z safiga qo‘shib oladi
"Shtutgart" himoyachisi Benjamen Pavar jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli frantsiyalik futbolchini sotib olishga “Bavariya” jiddiy kirishgan. Myunxenliklar yaqin bir-ikki kuni ichida “Shtutgart”ga bu borada rasmiy taklif yuborishadi. Ushbu transfer esa 35 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Barselona" Pavarning agenti bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Pavar yozda Frantsiya terma jamoasi safida JCh-2018 g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi. U joriy mavsum Bundesligada jami 14ta o‘yinda ishtiro etdi.
Fikrlar