"Bavariya" yana Grizmann haqida o‘ylay boshladi
Myunxenning "Bavariya" klubi yana e’tiborini "Atletiko" Madrid hujumchisi Antuan Grizmannga qarata boshladi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra nemis grandi frantsiyalik futbol yuduzini mavsum yakunlangach o‘z safiga qo‘shib olishga urunib ko‘rmoqchi. Ular Grizmanga yozda jamoani tark etadigan Aren Robbenga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Biroq, “Bavariya”ning ushbu transferni amalga oshirishi biroz qiyin kechishi mumkin. Boisi, Grizmanning “matraschilar” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra uning tovon puli 200 mln evroni tashkil etadi. Uning hozirgi yillik maoshi esa 20 mln evro hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Grizmann “Atletiko” safiga 2014 yil “Real Sosedad”dan 30 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar