"Bayer" qishda etakchi futbolchilaridan birini sotib yubormoqchi
Leverkuzenning "Bayer" klubi o‘zining etakchi vingeri Leon Beyli bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda nemis nashrlari xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “dorishunoslar” 21 yoshli yamaykalik futbolchining boshqa jamoaga o‘tish istagi borligini inobatga olib, uni sotish haqida o‘ylay boshlashgan. Katta ehtimol bilan Beyli qishki transferlar davrida yangi jamoasiga ko‘chib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Beyliga Londonning “Chelsi” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Beyli “Bayer” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida leverkuzenliklar safida jami 57ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan. Beylining taxminiy transfer bahosi 45 mln evro.

Fikrlar