Bektemir Meliqo‘ziev tojikistonlik raqibini yaxshilab savaladi
81 kg vazn toifasida qit’amizdagi eng kuchli bokschi deya qayd etilayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev o‘zining engilmas ekanligini yana bir bor isbotladi.
Mamlakatimizda o‘tayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final jangida ringga ko‘tarilgan Bektemir tojikistonlik Shabbos Negmatullaevni taslim etdi. Jang avvalida faollik ko‘rsatgan Tojikiston vakilining ushbu xatti-harakatlari uzoqqa bormadi va bahs so‘nggiga qadar ketma-ket kuchli zarbalarni qabul qilib oldi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar