Ben Foster: Yosh darvozabonlar De Xeadan o‘rnak olishlari kerak
"Uotford" darvozaboni Ben Foster “Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xeaning ko‘rsatayotgan o‘yinlari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“De Xea – top darajadagi futbolchi. Yosh darvozabonlar uning o‘yinlarini yaxshilab kuzatib borishsa, ko‘p narsa o‘rganishlari mumkin”, - deydi 37 yoshli posbon.
Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lib o‘tgan “Uotford” – MYu bahsida ham aynan ispaniyalik darvozabon ko‘p vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi.



Fikrlar