Besh nafar bokschimiz Osiyo chempionatida zafarli yurishlarini davom ettirishdi (foto)
Filippinning Puerto-Printsesa shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kungi bellashuvlarida besh nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tarilishdi.
46 kg vazn toifasida Muxammadmuso Abduraxmanov saudiyalik raqibi Yaxyo Turkini, 54 kg.da Rahmatulla Toshpo‘latov butanlik Rada Vangchukni ikkinchi raunddayoq nokautga uchratgan bo‘lsa, 57 kg.da Javlonbek Yo‘ldoshev yaponiyalik Kenshin Yamamurani musobaqadan chiqarib yubordi.
60 kg.da Sherzod Qodirboev hamyurtlarimizning zafarli yurishi davom ettirib, mezbonlar vakili Norlan Petesioni mag‘lub qilgan bo‘lsa, 66 kg vaznda Asadbek Jumaniyozov Tailand vakili Vittay Chansga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 5:0.






Fikrlar