Beyl "Real"dan ketmoqchi emas

  • 16.02.2019 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl jamoadan ketish haqida o‘ylamayapti.

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra uelslik futbolchi o‘zining “qirollik klubi”dagi holatidan to‘liq qoniqish xosil qilmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki bundan avvalroq Beylga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublaridan qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!