Biatlon bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi boshlandi

Chirchiq shahrida joylashgan Jaloliddin Manguberdi nomli sport majmuasida yozgi biatlon bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi start oldi.

100 ga yaqin yosh sportchilar g‘oliblik uchun kurashayotgan chidamlilik, chaqqonlik, jismoniy etuklik bilan birga merganlikni ham talab etuvchi musobaqada dastlab o‘g‘il bolalar sprint poygasida startga chiqdi.

photo_2018-04-13_12-01-57

Natijalarga ko‘ra farg‘onalik Muzaffar Mamasoliev birinchi, surxondaryolik Vitaliy Slastyon ikkinchi, samarqandlik Bunyod Muxiddinov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

photo_2018-04-13_12-02-13

photo_2018-04-13_12-02-02

Qizlar o‘rtasidagi sprintda marraga samarqandlik sportchilar –Madina Sagatova hamda Sevara Chorievalar etib kelishdi. Uchinchi o‘rin poytaxt viloyati vakilas Zuxra Xalimovaga tegishli bo‘ldi.

Bugun ta’qib poygalari davom etmoqda.

photo_2018-04-13_12-02-17

 

photo_2018-04-13_12-02-23

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!