
Bilasizmi? 4 nafar sobiq "Real"chi joriy mavsum "Barselona"ga gol urishni uddaladi
Xabaringiz bor kecha “Barselona” Ispaniya kubogining 1/8 finalida safarda "Levante"ga (2:1) imkoniyatni boy berdi.
Mezbonlarga g‘alaba keltirgan golga Borxa Mayoral mualliflik qildi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Mayoral sobiq "Real"chi bo‘lgan va joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” darvozasini ishg‘ol etgan 4-futbolchiga aylandi.
Avvalroq bu ishni Pablo Sarabiya ("Sevilya"), Esekel Garay ("Valensiya") va Serxio Kanaleslar ("Betis") amalga oshirishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yuqorida nomlari tilga olingan to‘rttala futbolchi ham turli davrlarda “qirollik klubi” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar