
Bilasizmi? Bugun Angliya terma jamoasi o‘zining yubiley uchrashuvini o‘tkazdi
Xabaringiz bor bundan biroz vaqt muqaddam Angliya terma jamoasi JCh-2018ning bronza medali uchun o‘tkazilgan bahsda Belgiyaga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
E’tiborlisi, inglizlar uchun ushbu uchrashuv Jahon va Evropa chempionati kabi yirik musobaqalardagi yubiley 100-o‘yin bo‘ldi.
OptaJoe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Angliya terma jamoasi shu paytgacha mundiallarda jami 69ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, qit’a birinchiliklarida 31ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar