Bilasizmi? Italiya terma jamoasi salkam 100 yilda qilmagan ishini qildi
Avvalroq xabar berganimizdek, Italiya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Ukraina bilan kuch sinashib durang (1:1) natija qayd etdi.
Ushbu durangdan so‘ng “Skuadra Adzurra”ning o‘z maydonidagi g‘alabasiz seriyasi naqd 5ta o‘yinga etdi. E’tiborlisi, bu so‘nggi 93 yildan buyon ko‘rsatgan ularning eng yomon natijasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tish lozimki, italiyaliklar kechagi o‘yingacha o‘z maydonlarida Polsha (1:1), Gollandiya (1:1), Shvetsiya (0:0) hamda Makedoniya (1:1) termalari bilan durang o‘ynashgan edi. Ular so‘nggi bor o‘z maydonida 2017 yilning 5 sentyabr kuni Isroil termasidan 1:0 hisobida ustun kelishgan.
Fikrlar