Bilasizmi? Modrich o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 10ta finallarning barchasida g‘olib chiqqan
Madridning “Real” klubi hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 10ta final bahsida g‘olib chiqqan.
2014 yildan buyon boshlangan ushbu seriyada 32 yoshli futbolchi 4 marta Chempionlar ligasida, 3 marta UEFA Superkubogida, 2 marta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida va 1 marta Ispaniya kubogida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, Modrich sardorligidagi Xorvatiya terma jamoasi bugun JCh-2018 finalida Frantsiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.



Fikrlar