Bilasizmi? "Navbahor" so‘nggi bor "Metallurg" maydonida 2015 yil g‘alaba qozongan

  • 03.11.2018 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor ertaga Superliganing navbatdagi turida "Metallurg" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi.

Ta’kidlash kerakki 1-turda Bekobodda kechgan bahsda hisob ochilmagan bo‘lsa, 12-turda «Navbahor» ishonchli 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘sha uchrashuv Azamat Allaniyozevning benifisiga aylangan edi. 24-turda esa Namanganda nursiz durang qayd etilgan 0:0

Bu ikki klub mamlakat chempionati tarixida jami 43 bor to‘qnash kelishgan. Bu borada ustunlik «Navbahor» tomonida. O‘tkazilgan o‘yinlarning 20tasida «lochinlar» g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 11ta uchrashuvda bekobodliklar zafar quchishgan. 12ta bahsda jamoalar durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbati 65:45 «Navbahor» foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 72 ochko, bekobodliklar esa 45 ochkoni qo‘lga kiritishgan. «Navbahor»ning «Metallurg» ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 7:0ga teng bo‘lsa, bekobodliklarning namanganliklar ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 5:1.

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “Metallurg” o‘z maydonida ushbu raqibga 3 marta imkoniyatni boy berib qo‘ygan. 20ta o‘yinning 10tasida maydon egalari zafar quchishgan. 8ta o‘yin durang bilan tugagan. “Navbahor” so‘nggi bor 2015 yilda Bekoboddan g‘alaba bilan qaytgan.

«Metallurg» maydonida o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

2018 yil «Metallurg» - «Navbahor» 0:0

2017 yil «Metallurg» - «Navbahor» 0:0

2016 yil «Metallurg» - «Navbahor» 5:1

2015 yil «Metallurg» - «Navbahor» 2:3

2014 yil «Metallurg» - «Navbahor» 2:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!