Bir xil familiyali ikki tennischimiz g‘alabaga erishdi
Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan Qozog‘istonda tashkil etilgan qizlar musobaqasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Olesya Kim saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, asosiy to‘r bahslariga qo‘shildi.
Bosh sovrin uchun kurashga kirishgan hamyurtimiz dastlabki raundda rossiyalik Evgeniya Safronovani 6:3, 6:2 hisobida dog‘da qoldirdi.
Yana bir tennischimiz Yuliya Kim juftlik bahslarida rossiyalik Elizavetta Koklina bilan birga qozog‘istonlik Vladlena Samenkova hamda ukrainalik Darya Sovichdan 6:1, 6:0 hisobida ustun keldi.

Fikrlar